Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taqiqlar bekor qilinganidan so‘ng ilk marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan rossiyalik sayyohlarni guldastalar bilan kutib olishdi
Rossiyalik sayyohlar bilan to‘lgan samolyot Turkiyaga nisbatan taqiqlar bekor qilinganidan keyin birinchi marta Antaliya shahriga qo‘ndi. Bu haqida Anadoulu xabar qiladi.
“Rossiya” aviakompaniyasining reysi Moskvadan turk dam olish maskaniga 189 nafar yo‘lovchini yetkazdi.
So‘nggi 8 oy ichida birinchi marta RFdan tashrif buyurgan sayyohlarni Antaliya hukumat vakillari kutib olishdi. Bu reys bilan kelgan rossiyalik ayollarga esa guldastalar sovg‘a qilindi.
“Rossiya” aviakompaniyasi 7 iyul kuni Moskva va Sankt-Peterburgdan doimiy reyslarning qayta tiklanishi haqida e'lon qildi.
Turkiyaga charter reyslar hozircha amalga oshirilmayapti. RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev 8 iyul kuni hukumatga bir hafta ichida Turkiyaga amalga oshiriluvchi charter reyslarni qayta tiklash bo‘yicha takliflar taqdim etish topshirig‘ini berdi.
Mavzuga oid
12:25
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
11:53
Qozog‘iston sudi Rossiyadan qochgan dezertirga boshpana berishni rad etdi
10:34
Muhojir yoshlar qopqonga tushmoqda - ularga tuzoq qo‘yganlar soyada ovni davom ettirmoqda
09:20