Rossiya asirligidan 157 nafar ukrain fuqarosini — Ukraina Qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari, milliy gvardiyaçilar, çegaraçilar, şuningdek tinç aholini qaytarişga muvaffaq bölindi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy payşanba, 5 fevral kuni Telegram orqali xabar qildi. Uning aytişiça, ularning aksariyati 2022 yildan beri asirlikda bölgan. “Asirlikdan odamlarimizni ozod qiliş uçun işni davom ettiramiz”, — dedi davlat rahbari.
Harbiy asirlar bilan işlaş böyiça ştab ma’lum qilişiça, ozod etilganlar — 150 nafar harbiy va 7 nafar tinç aholidan iborat. Ularning yarmidan köpi Mariupol mudofaasi vaqtida asirga tuşgan. Şuningdek, noqonuniy ravişda hukm qilingan ukrainlar ham uyiga qaytarilgani aytildi. “Ukrayinski Novini” naşriga köra, asirlikdan qaytganlarning eng yoşi — 23 yoş, u Mariupol mudofaasidan söng RF sudi tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Eng kattasi — 63 yoş, deya aniqlik kiritildi.
Öz navbatida, RF Mudofaa vazirligi ham “157 ga 157” formulasi böyiça almaşinuv amalga oşganini tasdiqladi. TASS agentligi aniqlaştirişiça, almaşinuv doirasida Kursk viloyatidan uç nafar tinç aholi ham qaytarilgan. Uning ma’lumotiga köra, asirlikdan qaytgan RF harbiy xizmatçilari hozir Belarus hududida.
Avvalroq, 5 fevral kuni AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus elçisi Stiv Uitkoff Ukraina va Rossiya 314 nafar asirni almaşişga kelişganini xabar qilgan edi. U X ijtimoiy tarmoğida bu “sönggi beş oydagi birinçi” şunday almaşinuv ekanini ta’kidlagan. Kelişuvlar AQŞ, Ukraina va Rossiya delegatsiyalari iştirokida Abu-Dabida ötgan muzokaralarning ikkinçi raundida erişilgan.
“Hali köp iş qiliş kerak, ammo bunday qadamlar doimiy diplomatik muloqot aniq natija berişini va Ukrainadagi uruşni töxtatiş sa’y-harakatlarini oldinga surişini körsatadi”, — deb yozdi Uitkoff. Uning aytişiça, muhokamalar davom etadi va “yaqin haftalarda yanada ilgarilaş kutilmoqda”.
Abu-Dabidagi muzokaralarda AQŞ tomonidan Uitkoffning özi, Trampning kuyovi Jared Kuşner va AQŞ armiyasi vaziri Deniyel Driskoll qatnaşmoqda. Ukraina delegatsiyasiga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (MXMK) kotibi Rustem Umerov rahbarlik qildi. Rossiya tomonidan esa delegatsiyaga RF Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi rahbari admiral Igor Kostyukov boşçilik qildi.
4 fevral kuni maslahatlaşuvlarning birinçi kunidan keyin, Axios naşri bilan suhbatda ismi oşkor etilmagan ukrain rasmiysi muhokamalarni samarali deb atagan. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio esa hal etilmagan masalalar röyxati “sezilarli qisqargani”, muzokara iştirokçilari “haqiqiy ilgarilaşga” erişganini aytdi. Biroq “eng qiyin masalalar” hali qolganini ham qöşimça qildi. Ukraina, Rossiya va AQŞ örtasidagi muzokaralar 5 fevral kuni ham davom etgan.
BAA poytaxtida, jumladan, iqtisodiy masalalar, hududlar maqomi va öt oçişni töxtatiş mexanizmlari muhokama qilindi. Ukraina jamoasi AQŞ tomoni bilan alohida ikki tomonlama uçraşuv ötkazişni rejalaştirgandi.
Uç tomonlama muzokaralar bilan bir vaqtda, 5 fevral kuni Abu-Dabida Rossiya—AQŞ iqtisodiy hamkorlik guruhining uçraşuvi ham bölib ötdi. RF prezidentining maxsus vakili, RFPI rahbari Kirill Dmitriyev: “Rossiya—AQŞ munosabatlarini iqtisodiy yönalişda tiklaş böyiça faol iş ketyapti”, deb ma’lum qildi. Uning qöşimça qilişiça, AQŞ delegatsiyasi bilan muzokaralar “ijobiy” keçmoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4 fevral keçqurun Ukraina tomoni Rossiya bilan harbiy asirlarning yangi almaşinuvi böyiça kelişganini aytgan edi.













