Ijtimoiy tarmoqlar orqali işlaydigan firibgarlik tödalari Rossiyada yillar davomida erkin harakat qilib kelmoqda. Ular odamlarni telefon orqali aldaydi, pulni yuviş uçun begona bank kartalarini ijaraga oladi, kurer sifatida esa asosan muhojir yoşlarni işga yollaydi. Oqibatda esa jinoyatni taşkil qilganlar emas, aynan aldangan kurerlar bugun panjara ortiga tuşmoqda.
Bugun Moskvada qamalgan özbekistonlik talaba misolida telegramda oçiq işlayotgan jinoiy kanallar va ikki davlat huquqni muhofaza qiliş tizimlari örtasida sarson bölayotgan ota haqida hikoya qilamiz.
Bu voqealar zanjiri 2024 yil dekabr oyida boşlangan. Moskva şahrida tahsil olayotgan, Seçenov nomidagi davlat tibbiyot universitetining talabasi Umidjon böş vaqtlarida qöşimça daromad topiş maqsadida kurerlik qiladi. Ilgari u işlagan joylar qonuniy bölib, asosan hujjat taşiş bilan şuğullangan.
26 dekabr kuni u yotoqxonadagi tanişi orqali “Moskva işlar” nomli telegram kanalda joylaştirilgan e’lonni köradi. E’lon özbek tilida yozilgan bölib, “Moskva böylab hujjat taşiş, noqonuniy jihatlari yöq” deya ta’riflangan. Kanal asosan muhojirlarga qaratilgan, işonç uyğotuvçi uslubda yuritilgan.
Umidjon körsatilgan raqamga qönğiroq qiladi. Keyinroq özini iş beruvçi deb taniştirgan şaxs qayta aloqaga çiqib, Telegram orqali boğlanişini aytadi. Şundan söng “Mixail” nomli akkaunt bilan yozişmalar boşlanadi. U iş juda maxfiy ekanini, hujjatlar haqida heç kimga aytmaslik kerakligini ta’kidlaydi. Aks holda deportatsiya yoki öqişdan haydaliş bilan qörqitadi. Şu jarayonda Umidjondan pasport nusxasi va şaxsiy fotosi olinadi.
27 dekabr kuni Umidjon kelişilgan joyga borib, notaniş şaxsdan paket qabul qilib oladi. Paketni oçmaslik qat’iy tayinlanadi. Keyin u telefon orqali berilgan körsatmaga binoan paketni belgilangan joyda - kafe hojatxonasida qoldiradi. Şu bilan uning “iş kuni” yakunlanadi.
Biroq oradan köp ötmay, Umidjon uçun butunlay boşqa jarayon boşlanadi. 2025 yil 8 yanvar kuni Ryazan viloyati Kasimov şahri içki işlar bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatiladi. Unga Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi - uyuşgan guruh tarkibida firibgarlik ayblovi qöyiladi.
14 fevral kuni Umidjon uşlanib, tergov izolyatoriga joylaştiriladi. U olti oydan ortiq vaqt davomida hibsda saqlanadi. Tergov davomida u pulni özlaştirmaganini, faqat paketni qabul qilib, körsatilgan joyda qoldirganini bildirgan.
Şu vaqt içida Umidjonning otasi Murodjon A’zamov mustaqil ravişda iş materiallarini örganişga kirişadi. U firibgarlar faoliyati bilan boğliq telegram kanallar, yozişmalar, videolar va skrinşotlarni töplaydi.
Iş materiallari bilan tanişilganda bir qator ziddiyatlar aniqlangan. Jabrlanuvçi qisqa vaqt içida bir neça million rubl naqd pulni turli kurerlarga berganini aytgan. Biroq tergovda uşbu mablağlar haqiqatan ham bank hisoblarida bölganini tasdiqlovçi rasmiy bank ma’lumotnomalari mavjud emas. Ayrim taqdim etilgan “vypiska”larda muhr va sanalar böyiça ziddiyatlar bor.
Şuningdek, iş hujjatlarida Umidjonning kartasiga 35 ming rubl tuşgani körsatilgan, ammo tölovçi sifatida boşqa şaxs qayd etilgan. Vaholanki, Umidjon telefonida saqlangan yozişmalar va bank ilovasidagi ma’lumotlarda pulni aynan telegram orqali aloqa qilgan şaxs ötkazgani aks etgan. Bu holat tergov tomonidan rasman bank orqali tekşirilmagan.
“Şu iş fonida yana bir holat e’tiborimni tortdi. Jizzaxlik 22 yoşli Xumora ismli qiz ham aynan şunday e’lon orqali kurerlikka jalb qilingan. Öşa qizning sud jarayonida ham qatnaşdim, qiz bilan kuzatilgan “ssenariy” mening öğlimda ham takrorlandi. Demoqçimanki, juda köplab migrant yoşlar bu tuzoqqa tuşib qolyapti. Kurerlik eng xavfli sohalardan biriga aylanib bormoqda”, - deydi Murodjon A’zamov.
A’zamovning qölida firibgarlik kanallariga oid skrinşotlar mavjud. Ularda “bank kartalarini sotib olamiz”, “SIM-karta bilan birga plastik karta kerak” mazmunidagi e’lonlar joylaştirilgan. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bu kabi e’lonlar pul yuviş sxemalarida qöllanadi va karta egalari birinçi bölib javobgarga aylanadi.
Uşbu ma’lumotlar Kasimov şahri IIB tergovçilariga taqdim etilgan. Biroq hozirga qadar mazkur telegram kanallar ortida turgan tuzilmalarni aniqlaş va javobgarlikka tortiş böyiça samarali harakatlar amalga oşirilmagan.
Qariyb bir yildan beri öğlini ozodlikka çiqariş uçun harakat qilayotgan Murodjon A’zamov Rossiya va Özbekistonning turli idoralariga murojaat qilgan. Özbekiston tomoni jinoyatlar mamlakat taşqarisida sodir etilganini aytib, vakolat çeklanganini bildirgan. Rossiya tomonida esa Moskva prokuraturasi hatto politsiyaning “jinoyat işi qözğatişni rad etiş” qarorini bekor qilgan. Ya’ni tergovda kamçilik borligini tan olgan.
Ayni paytda “Moskva işlar” telegram kanali bloklangan. Biroq uning örnida yangi kanallar oçilib, xuddi şu usulda kurerlar jalb qilinmoqda. Bir söz bilan aytganda, huquq-tartibot idoralari şunçaki, kurerlarni “ovlayapti”. Haqiqiy töda esa hamon soyada qolmoqda, faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugun Umidjon sud qarorini kutib turibdi. Uning otasi esa Özbekiston Oliy Majlisiga murojaat qilib, çet elda faoliyat yuritib, aynan özbekistonliklarni jinoiy sxemalarga jalb qilayotgan şaxslarga nisbatan huquqiy javobgarlik mexanizmlarini kuçaytirişni söramoqda.
Demoqçimizki, katta maoş va’da qilingan, mohiyati noaniq bölgan iş takliflarini qabul qilişdan oldin ularni yaxşilab tekşiriş lozim. Plastik karta yoki SIM-kartani ijaraga beriş esa jinoiy javobgarlikka olib kelişi mumkin.
Bu iş bir talaba yoki bitta oilaning muammosi emas. Bu - ijtimoiy tarmoqlar orqali işlayotgan firibgarlik tizimiga qarşi hali ham samarali mexanizm yöqligini körsatib turgan holat. Bugun Umidjon, ertaga esa yana boşqa yoşlar şu “oson iş” qopqoniga tuşmasligi uçun bu masala oçiq qolmasligi kerak.












