Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur sudi 4 nafar bangladeshlikka nisbatan hukm o‘qidi
Singapur sudi Bangladeshning 4 nafar fuqarosini 2 yildan 4 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etdi. Ular, o‘z vatanlarida terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida mablag‘ yiqqanlikda aybdor deb topilgan, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
May oyida Singapur hukumati mamlakatda mehnat qilib kelgan 8 nafar bangladeshlikni hibsga olgani xabar qilingan edi. Ular, vatanlarida qo‘poruvchiliklarni rejalashtirish va Singapurda IShID bo‘linmasini tashkil etishda gumon qilingandi.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, ona Vatanlarida qurolli hujum uyushtirish maqsadida qurol-yarog‘lar sotib olganlik va o‘z vatandoshlarini yollaganlikda ayblangan bangladeshlik jinoyatchilar, rejalashtirilgan qo‘poruvchilikni amalga oshirish uchun mablag‘ yig‘ish bandi bo‘yicha ayblariga iqror bo‘lishgan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
11:02 / 15.12.2025
Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish: qamoq jazosi tayinlanganlar ulushi pasaydi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025