Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Yil tarbiyachisi”ning ismi ma'lum qilindi
Foto: O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi
14 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika Markazida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida “Yil tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘rik-tanlov 4 bosqichda o‘tkazilib, Qorakalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 nafar maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyachilari Respublika bosqichida ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi 28-MTM tarbiyachisi Zaynobiddinova Gulasal 1-o‘rin, Samarqand shahridagi 60-MMTM tarbiyachisi Qobilova Munavvar 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘ringa Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 259-MTM tarbiyachisi Olimova Munisa loyiq deb topildi.
G‘oliblarga vazirlikning va hamkor tashkilotlarning diplomlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026