20 yoshli angliyalik qiz internetdagi "shafqatsiz" tvitlari uchun 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Britaniya sudi Angliyaning Kent grafligidagi 20 yoshli qizni 1990 yillarning boshida o‘ldirilgan bolaning onasiga "haqoratomuz" tvitlar yo‘llagani uchun 3 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Xloya Kouen jabrlanuvchiga jiddiy ruhiy zarba yetkazishda aybdor deb topilgan. Sudda ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi.
Sud ayblanuvchiga qo‘shimcha jazo sifatida keyingi 10 yil davomida uning harakatlari tarixini avtomatik tarzda saqlab qola olmaydigan internet qurilmalaridan foydalanishni taqiqladi. Shuningdek halok bo‘lgan bolaning oila a'zolari bilan muloqot qilish ham man etildi.
Gap shundaki, Kouen bir necha yillar ilgari maktab o‘quvchilari tomonidan o‘ldirilgan ikki yoshli Jyeyms Baljyerning onasiga ijtimoiy tarmoq orqali qo‘pol va haqoratomuz xabarlar jo‘natgan. Twitter'dagi bu xabarlar sud mojarosiga sabab bo‘lgan. Mazkur tvitlarda qiz o‘zini goh qotillardan biri, goh esa halok bo‘lgan o‘g‘lining ruhi sifatida tanishtirgan.
Ikki yoshli Jyeyms Baljyer 1993 yilda o‘ldirib ketilgan. Ona supermarketda xaridga chalg‘ib, o‘g‘lini qarovsiz qoldirgan, shundan so‘ng boshqa ikki nafar bola - Jon Venebls va Robert Tompson uni o‘g‘irlab ketib, kaltaklashgan hamda temiryo‘lda qoldirib ketishgan.
Maktab o‘quvchilari bu holatni baxtsiz hodisa niqobi ostiga yashirishga urinishgan, biroq supermarketdagi videokuzatuv Baljyerning o‘g‘irlangan vaqtini muhrab qolgan. Bolani o‘ldirgan ikki o‘quvchi qo‘lga olingan va ularning yoshi uchun eng maksimal muddat - 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024