Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Gulenning Turkiyadagi harbiy isyonga aloqadorligiga doir ma'lumotlarga ega emas
AQSh davlat departamenti Mark Tonerning bayonot berishicha, AQSh Fathulloh Gulen tarafdorlarining Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga aloqasini isbotlaydigan dalilga ega emas, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«AQSh Gulen yoki uning guruhi to‘ntarishda ishtirok etgani bo‘yicha xulosa qilgani yo‘q», — degan Toner.
Uning ta'kidlashicha, AQSh hukumati Anqaraning rasmiy so‘rovidan so‘ng, Gulenning barbod bo‘lgan davlat to‘ntarishiga aloqasini o‘rganib chiqadi. Tonerning aytishicha, rasmiy so‘rovda huquqiy jihatdan asoslangan, Gulenning aloqasini isbotlaydigan dalillar bo‘lishi kerak.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, mamlakat hukumati bir necha kun ichida muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulenni topshirishni so‘rab, AQShga so‘rov yuborishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026