Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi yo‘l-transport hodisasida 59 kishi jabr ko‘rdi
Meksikaning Chyapas shtatida avtobus ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YTH oqibatida 59 kishi jabrlandi, deb shtat fuqarolik mudofaasi vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Vazirlikda ma'lum qilinishicha, YTH Tustla-Guterres shahriga kiraverishdagi yo‘lda yuz bergan. Avtobus aniqlashtirilmagan sabablarga ko‘ra to‘ntarilib ketgan.
Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Ayni vaqtda halok bo‘lganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelishgan. YTH tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026