Jahon | 12:52 / 19.07.2016
7493
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Olmaota terakti qurbonlarining oila a'zolariga 45 ming dollardan beriladi

Foto: Tengrinews

Olmaotada sodir etilgan qo‘poruvchilikda halok bo‘lganlarning oilalariga 15 mln tenge (45 ming AQSh dollari), jabrlanganlarga 5 mln tenge (15 ming)dan beriladi. Bu haqda, Tengrinews.kz yangiliklar portali shahar ma'muriyatiga tayangan holda xabar qilgan
 
Olmaota shahar ichki ishlar departamenti rasmiy vakili Saltanat Azimbek, 60 oylik maoshga teng birmartalik tovon puli va dafn marosimlari xarajatlari to‘liq koplanishini ma'lum qilgan edi. 

Olmaota va Ostona shahar ichki ishlar xodimlari esa, hamdardlik sifatida bir kunlik ish haqlarini halok bo‘lgan hamkasblari oilalariga yordam berish jamg‘armasiga o‘tkazishga qaror qilishgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid