Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Maykl Keyn IShID tufayli o‘z ismini o‘zgartirdi
Britaniyalik aktyor Maykl Keyn IShID terrorchi guruhi tufayli o‘z ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqida The Sun gazetasi xabar berdi.
Ikki karra "Oskar" mukofoti sovrindorining asl ismi - Moris Jozef Miklvayt, Maykl Keyn esa aktyorning taxallusidir.
"Men IShID va unga bog‘liq hodisalar boshlanganidan so‘ng ismimni o‘zgartirganman", - deya ma'lum qildi artist. U bunday qilishiga aeroportlardagi yoqimsiz holatlar sabab bo‘lganligi bilan izohladi.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlari unga "Salom, Maykl Keyn" deb murojaat qilishgan, shundan so‘ng u Miklvayt nomi muhrlangan pasportni ularga topshirar hamda samolyotgacha yetib borishiga yana bir soat vaqt kutishiga to‘g‘ri kelardi. "Men u yerda bir soatlab turar edim, shu bois ismimni o‘zgartirdim", - qo‘shimcha qildi Keyn.
Aktyor "Vinochilar qoidalari", "Xanna va uning singillari", "Gambit", "Karterni yo‘qotish", "Nufuz" va "Betmen: Ibtido" filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
Mavzuga oid
09:58
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
09:31 / 08.01.2026