Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar miyaning matematik misollarni qanday yechishiga doir tadqiqot o‘tkazishdi
Karnegi-Mellon Universiteti tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot inson miyasining murakkab matematik misollarni yechishda qanday ishlashini ko‘rsatdi. Olimlar bunda neyrovizualizatsiya – turli uslublar yordamida miyaning tuzilma, funksiyalar va biokimyoviy xususiyatlarini vizuallashtirishga muvaffaq bo‘ladigan yondashuvdan foydalanishdi. Tadqiqotga doir tafsilotlar Psychological Science jurnalida taqdim etilgan.
Tadqiqotning yetakchi muallifi Jon Anderson anglash umumiy nazariyasini ishlab chiqib hamda uni saboq berishda qo‘llab, anchadan beri ta'lim sohasida inqilob qilishga harakat qiladi. Uning fikricha, hozir shunga maksimal darajada yaqin. Uning ilmiy ishidagi xulosalaridan yangi o‘quv dasturlarini yaratishda foydalanish mumkin.
Mazkur tadqiqotda 80 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ularga matematik misollarni yechimini topish taklif qilindi, bu paytda ularning miyasi funksional MRT yordamida skanerga tushirildi. Olingan ma'lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, yechimni izlash to‘rtta bosqichdan iborat – kodlash, rejalashtirish, yechim va javob. Har bir bosqich murakkablik darajasiga qarab davom etgan: uzoq hisob-kitobni talab qilgan misollarda eng uzoq vaqt yechim bosqichiga sarflangan, tayyorgarlikni talab qiluvchi misollarda – rejalashtirish bosqichi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, fikrlashning asosini tashkil qiluvchi jarayonlarning ketma-ketligini tushunib yetish o‘qitishning yangi usullarini yaratishda yordam beradi.
Mavzuga oid
08:47
150 dan ortiq matematik sun’iy intellekt atrofidagi shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirdi
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
23:15 / 13.03.2026
Xitoy miya implantini tijoriy maqsadlarda ishlatishni ma’qullagan birinchi davlat bo‘ldi
02:09 / 09.03.2026