Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hunarmand” uyushmasi rahbarlariga nisbatan jinoiy ish ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ–1602-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi faoliyati tekshirildi.
Tekshirish jarayonida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mazkur holatlar bo‘yicha uyushma mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 08.07.2026
Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim muassasalari tekshirilmaydi
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026