Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roman Abramovich xitoylik sarmoyadorlarni Qirg‘izistondagi loyihasiga taklif etmoqda
Britaniyaning Highland Gold Mining (HGM) kompaniyasi Qirg‘izistondagi Unkurtosh oltin konini o‘zlashtirish uchun xitoylik sarmoyadorlarni hamkorlikka taklif etmoqda. Mazkur kompaniya Rossiyadagi eng yirik o‘nta oltin qazib oluvchi kompaniyadan biri hisoblanadi. Bu haqda, Xitoy oltin sanoati kongressida ishtirok etgan HGM kompaniyasining ijrochi direktori Jon Mann ma'lum qilgan.
HGM vakili shu maqsadda xitoylik tadbirkorlar bilan olib borilgan muzokaralar va sarmoya hajmiga batafsil to‘xtalmagan. Uning aytishicha, biznes muloqot Xitoyning barcha yirik kompaniyalari bilan olib borilgan.
Highland Gold Mining kompaniyasining asosiy aksioneri esa – Roman Abramovichning Millhouse Group kompaniyalar guruhi (32 foiz) hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026