Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg Germaniya va Ispaniyani Yevropaga yangi inqiroz olib keluvchi mamlakatlar qatoriga kiritdi
Foto: AP
Bloomberg agentligi yaqin yillarda Yevropa ittifoqiga iqtisodiy inqirozni olib kelishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarni sanab o‘tdi.
Agentlik eng katta muammo sifatida Germaniyadagi parlament saylovlarini keltirgan. Oxirgi yillarda sodir bo‘layotgan jinoyatlar va terraktlar Angela Merkelning mavqeini tushurib yuborgan. Agar u o‘z vazifasidan ketadigan bo‘lsa, yangi hukumat tuzilgunga qadar har qanday murakkab vaziyat Germaniya uchun inqirozni keltirib chiqarishi mumkin.
Ispaniyada ham keyingi yilda og‘ir vaziyat kuzatiladi. Basklar o‘lkasida mahalliy saylovlar o‘tkaziladi. Analitiklarning taxminicha, yang saylanganlar hukumatdan joylardagi ijtimoiy ahvolni yaxshilash uchun mablag‘ talab qilishi aniq. Bu ham katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari keyingi yilda savlovlar o‘tkazilishi kutilayotgan mamlakatlar muammoli deb qaralmoqda. Ular qatoriga Xorvatiya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Latviya, Chexiya va Ruminiya kabi davlatlar ham kiritilgan.
Mavzuga oid
15:26 / 29.01.2026
Germaniya Ukrainaga 33 ta mobil issiqlik elektr stansiyasi yuboradi
13:55 / 29.01.2026
Germaniya hukumati 2026 yil uchun iqtisodiy prognozni pasaytirdi
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
08:32 / 29.01.2026