Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganini tan oldi
Federal qidiruv byurosining elektronika bo‘yicha mutaxassisi Xitoy josusi hisoblanishi hamda xitoylik amaldorlarga maxfiy axborotni berganini tan oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kun Shan Chun FQBda 1997 yildan beri ishlagan. U xorijiy maxsus xizmatlar agenti bo‘lib ishlaganini tan oldi.
"Men u paytda bu noto‘g‘ri ekanligini bilganman va o‘z harakatlarim uchun uzr so‘rayman", deb aytdi Xitoyda tug‘ilib, AQSh fuqarosiga aylangan 46 yoshli Chun.
Ayblanuvchi 2011-2016 yillar davomida xitoylik yuqori lavozimli amaldorlar bilan ishlab, ularga maxfiy axborot bergan.
Ta'kidlanishicha, josus jumladan FQB agentlaridan birining shaxsi va harakatlanishi hamda kuzatuv texnologiyalari haqidagi maxfiy hujjatlarni bergan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
22:15 / 09.06.2026