Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya TIV YeIni Turkiya qarshisida "tiz cho‘kmaslikka" chaqirdi
Foto: AP
YeI biror davlat fuqarolariga vizasiz bordi-keldi tartibini joriy qilish uchun qator talablarni ilgari suradi. Turkiya esa, bunday imkoniyatni qo‘lga kiritish uchun Yevropaga qarshi harakatlanmoqda, deya bayonot bergan Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurts.
"Biz Anqara oldida tiz cho‘kmasligimiz darkor. Aksincha, biz asosiy qadriyatlarimizni mustahkamlashimiz lozim. Vizasiz tartibni joriy qilish uchun mavjud aniq mezonlardan yuz o‘girmasligimiz kerak. Turkiya hozirda Yevropaga tom qarama-qarshi tomonda rivojlanmoqda", — degan Kurts Germaniyaning Spiegel nashriga bergan intervyusida.
Avstriya tashqi siyosat mahkamasi rahbarining fikricha, YeI noqonuniy muhojirlarni almashtirish dasturi doirasida Turkiyaga qaram bo‘lib qolayotganidan qayg‘urgan.
Uning aytishicha, inqirozga barham berish uchun noqonuniy muhojirlarga bir narsani yaxshi anglatish lozimki, O‘rta yer dengizida qutqarilish —
"ularning Yevropaga kirishiga ruxsat degani emas".
"Buning uchun muhojirlarni kelgan vatanlariga yoki qandaydir tranzit hududga qaytarib yuborish va o‘sha yerda ularga yordam berish lozim", - deb hisoblaydi Kurts.
Mavzuga oid
11:34 / 19.02.2026
“Qizimizning jasadi topilsa, olib ketsak bo‘ldi” – Sayyoraning jasadi haligacha qidirilmoqda
09:40 / 18.02.2026
YeIda Shein riteyleriga nisbatan tergov boshlandi
08:57 / 16.02.2026
Avstriya kansleri Ukraina bo‘yicha YeIning Putin bilan muzokara olib borishini qo‘llab-quvvatladi
13:54 / 13.02.2026