20:42 / 09.08.2016
28530

Nexia III ning sotuvi, Putin va Erdo‘g‘an uchrashdi, 13 yillik qamoq mash-mashasi, Turkiyaning ultimatumi, Markaziy Osiyo uchun ehtimoliy yangi xavf

"LUKOYL"ning yirik sarmoyasi

Rossiyaning "LUKOYL" kompaniyasi Buxoro viloyatiga investitsiya kiritgan eng yirik sarmoyador bo‘ldi. Batafsil.


Toshkentda yangi bog‘

Toshkent shahrida 9 avgust kuni "Anhor-Lokomotiv" ko‘ngilochar maskani ish boshladi. Mazkur maskan "Anhor-Lokomotiv" dam olish va istirohat bog‘i Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining sobiq "A" hududida bunyod etildi. Batafsil.


Nexia III

O‘zbekistonda Nexia II avtomobillarining ishlab chiqarilishi to‘xtatildi. O‘zbekiston avtosalonlarida uchinchi avlod Nexia sotila boshlandi. Batafsil.


13 yillik qamoq mashmashasi

XXR hukumati, qotillikda asossiz ayblanib, 13 yil qamoqda o‘tirib chiqqan xitoylik ayolga 1,72 million yuan (258 ming AQSh dollari atrofida) tovon puli to‘ladi. Batafsil.

 

Markaziy Osiyo uchun yangi xavf

Afg‘on hukumati IShID terrorchilik tashkiloti va “Tolibon” islom harakatiga qarshi kurashish maqsadida Moskvadan harbiy yordam so‘ramoqda. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, rasmiy Kobul Mi-35 vertolyotini bepul yetkazib berish masalasini qayta ko‘targan. Batafsil.


Kerrining ketishi

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan Hillari Klinton saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa Jon Kerrini AQSh Davlat departamenti rahbarligida qoldirmoqchi emas. Batafsil.

 

Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi

9 avgust kuni Rossiyaning Sankt-peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Batafsil.

 

Makkadagi mehmonxona

Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismida joylashgan Makka shahrida dunyodagi eng katta mehmonxona bo‘lishi kutilmoqda. Batafsil.

 

Turkiyaning ultimatumi

Turkiya agar Bryussel Turkiya fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qilish sanasini belgilamasa, Yevropa Ittifoqi bilan migratsion kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bajarishni to‘xtatadi. Batafsil.

 

O‘zbek sportchilari Olimpiadaning 4-kunida

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining 4-kun bahslarida O‘zbekistonning bir qancha sportchilari bellashuvlar olib bordi.  Batafsil.

Top