Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aqlli insonlar nima uchun yolg‘izlikni tanlashadi
Ko‘ngil ishlari juda murakkab. Bu borada har bir inson o‘z tajribasiga tayanadi. Xo‘sh, nima uchun aqlli insonlarning o‘z juftini topishi qiyin kechadi? Olimlar bu savolga javob izlab, quyidagi xulosalarga kelishdi.
1. Aqlli insonlar his-tuyg‘ularni tahlil qilishadi
Aqlli insonlar ma'lumot to‘plashni va undan kerakli xulosa chiqarishni qoyillatib uddalashadi, bu xususiyatning esa salbiy tomoni ham bor: ular muammoning ilk belgilari ko‘rinishi bilanoq munosabatlardan "qochish"ga moyil bo‘lishadi. Tushunmovchilik, janjallar? "Demak, bir-birimizga to‘g‘ri kelmaymiz, xayr!"
2. Aqlli kishilarning "ochilishlari" uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi
Aqlli insonlarning miyasi ishlashdan to‘xtamaydi va nima uchun munosabatlar silliq kechmasligi mumkinligiga ko‘plab dalillar va sabablar topib beradi: ular har qanday munosabat o‘rnatish - tavakkal qilishga teng ekanligini juda yaxshi bilishadi, axir. Aynan shu sabab ular sovuqqon va befarq ko‘rinishadi, aslida esa - bunday emas.
3. Aqlli insonlar o‘z tajribalariga tayanishadi
Aqlli insonlar tushadigan yana bir qopqon - ularning avvalgi munosabatlariga rahna solgan narsa aksariyat hollarda hozirgilarini yo‘qqa chiqaradi, lekin buni tan olishlari qiyin. Ular avvalgi ayriliqning qanchalik og‘riqli kechishini juda yaxshi eslashadi va ilgarigi tajribalarini hozirgi munosabatlariga ko‘chirib o‘tkazishadi.
4. Yolg‘izlik - aqlli kishilarning ongli tanlovi
Ha, aynan shunday. Aqlli kishilar "begona" inson bilan birga yashagandan ko‘ra, yolg‘iz yashash yaxshiroq va qulayroq, deb hisoblashadi. Bu ularning ongli va o‘ylab chiqilgan qarori. Aksariyat hollarda bunday kishilar sharoit taqozosi bilan emas, o‘zlari shuni istaganliklari va yolg‘izlikda o‘zlarini yaxshiroq his qilganliklari uchun ana shunday hayot tarzini tanlashadi.
Mavzuga oid
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
09:43 / 29.11.2025
O‘zbekistonlik olimlar yoqilg‘isiz “yashil issiqxona” texnologiyasini yaratdi
00:00 / 13.10.2025