Avstraliyalik tadqiqotçilarning ma’lum qilişiça, yolğizlik insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga bevosita ta’sir qiladi.

Olimlarning izohiga köra, inson biologik jihatdan boşqalar bilan munosabatda böliş uçun  «dasturlangan». Yaşaşning muhim mexanizmlaridan biri ijtimoiy muloqot hisoblanadi – bunda miyaning deyarli barça qismlari iştirok etadi. 

Inson özini yolğiz his qilganida, miya buni jismoniy oğriq bilan teng xatar deb qabul qiladi va stress reaksiyasini işga tuşiradi. Natijada stress gormonlari miqdori oşadi, organizm esa himoya rejimiga ötadi.

Muloqot va ruhiy qöllab-quvvatlaş esa aksinça, xavotirni kamaytiruvçi oksitotsin moddasi işlab çiqarilişini faollaştiradi hamda xavfsizlik hissini kuçaytiradi. Ijtimoiy munosabatlar tuşkunlik, yurak kasalliklari va demensiyaga çaliniş xavfini kamaytirai. 

Şuning uçun olimlar hamişa tabassum qiliş, yaqin insonlar bilan heç bölmaganda telefon orqali suhbat quriş yoki qiziqiş doirasi bir xil bölgan insonlar davrasida bölişni maslahat berişgan. Ularning ta’kidlaşiça, qisqa muddatli muloqot ham stressni kamaytiradi va kayfiyatni yaxşilaydi.