Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron parlamenti spikeri: Eron Rossiyaga harbiy bazasini taqdim etgani yo‘q
Eron hukumati harbiy bazasini foydalanish uchun Rossiya ixtiyoriga topshirgani yo‘q, deb bayonot bergan Islom respublikasi majlisi raisi Ali Larijoniy.
"Eron Islom Respublikasi Rossiya harbiylari ixtiyoriga hech qanday harbiy bazani taqdim etgani yo‘q", - deya parlament spikeri so‘zlarini keltiradi IRNA agentligi. Eron parlamenti raisi G‘arbiy Islomobod shahri deputatining iddaolariga javoban shunday bayonot bergan.
Deputat Eron konstitutsiyasining 146 moddasi "mamlakatda har qanday xorij harbiy bazalarining hatto tinch maqsadlarda bo‘lsin joylashuvini taqiqlash"ini eslatib qo‘ygandi.
16-avgust kuni Rossiya harbiy kosmik kuchlari samolyotlari Erondagi aerodromdan ilk marotaba foydalangan holda Suriyadagi jangarilarning manzillariga raketa zarbalari berdi.
"Rasmiy Tehron va Moskvaning Suriyadagi terrorchilarga qarshi kurashi strategik ahamiyatga ega. Biz salohiyatimiz va imkoniyatlarimizni birlashtirishimiz lozim", - degan Eron milliy xavfsizlik Oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy.
Mavzuga oid
19:53 / 23.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Tramp «yaxshi yangiliklar» va’da qilmoqda, Eron bo‘g‘ozdagi kemalarga hujum qilmoqda
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026