Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda avtomobillar savdosi 25 foizga oshdi
Iyulda Xitoyda 1,6 mln avtomobil sotildi, bu esa o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 26,3 foizga ko‘proqni tashkil qildi. Bu haqda Xitoy avtomobilsozlar uyushmasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda "Avtostat" agentligi ma'lum qildi.
Joriy yilning 7 oyi mobaynida Xitoy avtobozorida 12,65 mln ta mashina sotilgan.
Tushuntirilishicha, avtomobillarga talabning oshishiga ishchi hajmi 1,6 litrgacha bo‘lgan dvigatelli yangi mashinalarni sotib olishga soliqning 2 barobarga kamaytirilgani sabab bo‘lgan.
Xitoyda iyuldagi savdolarda eng ko‘p o‘sishni ko‘rsatgan avtokompaniyalar Volkswagen (285,9 ming avtomobil, 16 foiz o‘sish) va General Motors (270,5 ming avtomobil, 18 foiz o‘sish) bo‘lgan.
Xitoy avtomobilsozlar uyushmasida joriy yilda Xitoy avtobozori o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2015 yilda Xitoyda 21,15 mln ta mashina sotilgandi.
Mavzuga oid
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
08:43 / 04.07.2026
Jahon avtosanoatida kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda
20:57 / 02.07.2026