Jahon | 17:05 / 17.08.2016
10701
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Erdo‘g‘an Eron va Rossiya bilan koalitsiya tuzish masalasini muhokama etish uchun Tehronga boradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an keyingi haftada Eronga kelishi mumkin. Bu haqda Fars xabar tarqatgan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, safardan maqsad Rossiya, Turkiya va Eron ishtirokida Suriyadagi jangarilarga qarshi koalitsiya tuzish masalasini muhokama qilish hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an 9 avgust kungi Sankt-Peterburgga safari vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish xususida gaplashgan.

Al-Hayat nashrida yozilishicha, Erdo‘g‘an Turkiyada harbiy davlat to‘ntarishiga urinish yuz bergan kunlarda Eronda qisqa muddatga bo‘lgan. Uning navbatdagi tashrifi Anqara va Tehron munosabatlaridagi muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, yaqin vaqt ichida 3 davlat vakillari o‘rtasida muzokara o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid