OAV: Gvardiola «Manchester Siti»ga kelishidan oldinoq Hartni ketkazishni reja qilgandi
«Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa asosiy darvozaboni Jo Hartni avvalboshdan o‘z rejalariga kiritmagandi.
HITC Sport ma'lumotiga ko‘ra, Gvardiola «Siti» bilan shartnoma tuzishidan oldinroq menejment bo‘limidagilarga, Hart o‘ziga kerak emasligini aytgan va boshqa darvozabon topishni so‘ragan. Lekin inglizlar klubi yangi mavsum boshlangunigacha yangi darvozabon olib kela olmagan.
«Siti» avvaliga «Stok Siti»dan Jyek Batlendni olmoqchi edi. Ammo u Yevro-2016 turniriga tayyorgarlik doirasida jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqdi. Hozirda «Barselona»dan Klaudio Bravoni transfer qilish bo‘yicha jarayon kechmoqda.
Hosep Gvardiola Hartni ilk turda «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirmadi va zaxira darvozaboni Kabaleroga imkoniyat berildi.
Hart esa Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoa safiga o‘tmoqchi. Ehtimoliy variantlardan biri sifatida «Sevilya» jamoasi nomi tilga olinmoqda. Bu jamoa vakillari voqealar rivojini diqqat bilan kuzatishmoqda.
Bundan tashqari, Hartning xizmatlariga «Liverpul» va «Everton» jamoalaridan qiziqish mavjud.
Daily Mail nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, mersisaydliklar Hartni ijaraga olmoqchi, ammo «Siti» uni 20 million funtga sotishni rejalashtirmoqda.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
15:36 / 09.04.2022
Manchester – Liverpul to‘qnashuvi: Klopp Gvardiola mehmoni, «MYu» «Everton»ga qarshi
16:33 / 21.10.2017
Angliya terma jamoasi darvozabonini tunab ketishdi
18:48 / 01.10.2017
Darsliklarga kiritilishi lozim bo‘lgan o‘yin uslubi. Gvardiola jamoasining kechagi g‘alabasi tahlili
21:20 / 18.07.2017