Futbol böyiça Angliya milliy terma jamoasi hamda «Vest Hem Yunayted» darvozaboni Jo Hart mopedlarda harakatlanayotgan 3 nafar ğarazgöy tomonidan ömarib ketildi, deb yozmoqda Daily Mail.

Qayd etilişiça, hodisa futbolçi London klubining navbatdagi maşğulotidan qaytayotganida röy bergan. Hart avtomobilida AYoQŞda töxtagan. 30 yoşli futbolçidan qopçiq, soat va mobil telefonini öğirlaşgan. Darvozabonning özi jabrlanmagan. 

Eslatib ötamiz, Hart avval ham öğrilar nişoni bölgan. Şu yilning avgust oyida uning 100 ming funt sterling turadigan Range Rover avtomobilini öğirlab ketişgandi. Treker bilan jihozlangan maşina Çeşir grafligidagi uyi yaqinida topilgandi.