Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016, 11-kun bellashuvlari. O‘zbekistonlik bokschi final bahsida ringga ko‘tariladi
Milliy olimpiya qo‘mitasi Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining 17 avgustdagi chiqishlari jadvalini e'lon qildi.
Boks
O‘zbekiston bokschilarining 17 avgust kungi bahslari barchasidan ajralib turadi. Buning sababi mamlakatning yana bir vakili oltin medal uchun bahslarga kirishadi.
Zoirov Shahobiddin -52 kilogramm vazn toifasi, ¼ final bosqichida ozarbayjonlik bokschi Mamishzoda Elvin bilan uchrashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:30-24:00da bo‘lib o‘tadi.
G‘iyosov Shahram -69 kilogramm vazn toifasi, finalda qozog‘istonlik sportchi Yelliusinov Daniyar bilan ringga ko‘tariladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:30-00:40da o‘tkaziladi.
Yengil atletika
O‘zbekistonlik yengil atletikachilardan Shokirjonov Bobur va Zaytsev Ivan nayza uloqtirish saralash bahslariga kirishishadi. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 04:30da (18 avgust) va 05:55da (18 avgust) o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, yana bir o‘zbekistonlik sportchi Andreyev Leonid 100 metrga yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 400 metrga yugurish bahslariga kirishadi. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 17:30, 18:35, 20:15, 01:45 (18 avgust) va 05:20da (18 avgust) bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Xo‘jayev Suhrob bosqon uloqtirish saralash bahslarida ishtirok etadi. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 17:40-19:05da o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026