Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016. Boks bo‘yicha umumiy jadvalda O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda
Rio-de-Janeyro olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqalarida 3ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlab bo‘lingan.
Shu vaqtgacha O‘zbekiston, Rossiya va Braziliya vakillari bittadan oltin medal qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi yana bitta bronza medal hisobiga umumiy jadvalda birinchi o‘rinda joylashgan. Shu vaqtgacha medal olgan jamoalar soni jami 11ta.

O‘zbekiston terma jamoasida Hasanboy Do‘stmatov olib kelgan oltin medaldan tashqari, yana bir bokschi, Shahram G‘iyosov finalga chiqib, kamida kumush medal naqd qilingan. U bugun Qozog‘iston vakili Daniyar Yelliusinovga qarshi ringga chiqadi. Yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi esa yarim finaldagi ishtirokni ta'minlab, yana 3ta medal olinishi kafolatlangan.
Qozog‘istonning 2 nafar bokschisi finalga chiqqan, yana bir qozog‘istonlik bokschi yarim final jangida ishtirok etadi. Shuningdek, hozircha 3ta bronza medal olgan Kuba terma jamoasining 1 vakili finalga chiqqan.
Bitta oltin medal olib bo‘lgan Rossiyaning yana 2 vakili yarim finalda.
O‘zbekiston, Kuba, Rossiya, Ozarbayjonda 1tadan chorak final bahslari oldinda turibdi.
Naqd medallar bo‘yicha:
1) O‘zbekiston va Kuba 6 tadan;
2) Qozog‘iston 4ta;
3) Rossiya va Fransiya 3ta;
4) AQSh, Ozarbayjon 2ta
Hozirgi vaziyatda Kuba terma jamoasida medallar soni bo‘yicha yakunda O‘zbekistonni quvib o‘tish imkoniyati mavjud. Shuningdek, Qozog‘istonning 3 nafar bokschisi finalda g‘alabaga erishsa, yakunda bu terma jamoa O‘zbekistondan yuqorida turadi.
Bu natijalar O‘zbekiston boksida natijalar ko‘rsatish bo‘yicha keskin o‘sishni ko‘rsatmoqda. Solishtirish uchun, 2008 yilgi Olimpiadada (Pekin) O‘zbekiston boks terma jamoasi o‘rin olmagan, 2012 yili London shahri mezbonlik qilgan olimpiada esa bitta bronza medal evaziga 16-o‘rin egallangan.

Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026