Sport | 02:10 / 17.08.2016
30907
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: Murodjon Ahmadaliyev raqibini nokautga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Murodjon Ahmadaliyev Riodagi Olimpiadada 56 kg vazn toifasi bahslarining chorak finalida argentinalik Alberto Melian bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang olib bordi.

Ahmadaliyev jangning 1-raundidayoq raqibi ustidan texnik nokaut bilan g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bokschimiz ushbu g‘alabasi bilan kamida bronza medalini ta'minladi. Hamyurtimiz yarim finalda London Olimpiadasida 52 kg vazn toifasida oltin medal qo‘lga kiritgan kubalik Robeysi Ramirez bilan final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid