Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik oila o‘zlariga antiqa uy-orol qurib olishdi
Kanadaning Vankuver shahrida istiqomat qiluvchi Ketrin King va Ueyn Adams, 25 yil muqaddam, o‘zlariga shaxsiy uy xarid qila olmasliklarini anglab yetishgan. Shundan so‘ng, ular boshpana bilan bog‘liq muammoni hal etish maqsadida suzuvchi uy qurishga qaror qilishgan. U vaqti o‘tib, uncha katta bo‘lmagan orolchaga aylangan, deb yozmoqda This is Colossal.

Suzib yuruvchi uyni barpo etish ishlari 1991-yilda boshlangan. Ueyn Adams uyni qurish chog‘ida, elektr asboblarni umuman qo‘llamay, ingichka arra va bolg‘adan foydalangan. 2016-yilga kelib 500 tonnaga yetgan uy 12ta bo‘limgacha kengaygan. Unda to‘rtta oranjyereya, oshxona, ustaxona, badiiy galereya, mayoq va raqs maydonchasi ham bor.

Er-u xotin o‘z uylarini «Ozodlik oroli» deb nomlashgan (Freedom Cove). Ueyn Adamsning so‘zlariga ko‘ra, u hovlisidagi barcha mix va taxtani yaxshi biladi.



Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026