Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016: Shahram G‘iyosov O‘zbekistonga birinchi kumush medal keltirdi
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Riodagi Olimpiadaning 69 kg vazn toifasidagi musobaqaning finalida qozog‘istonlik Daniyar Yellusinovga kichik farq bilan mag‘lub bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasi medallar shodasini birinchi kumush medal bilan to‘lg‘azib qo‘ydi.
G‘iyosov jangda odatdagidek shiddatli harakat qildi, biroq raqibining himoyalanishga asoslangan taktikasi unga qo‘l keldi.


G‘iyosovning Riodagi ishtiroki haqiqiy kashfiyot bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. U finalgacha yo‘lda ko‘plab kuchli bokschilar, jumladan Olimpiada va jahon chempionlari ustidan zafar quchdi.
Yosh bokschimizga yorqin ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida bundan ham yuqoriroq marralarga erishishni tilab qolamiz.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025