Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:57 / 19.08.2016
5740
1 daqiqa o‘qiladi
GoAir O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi reyslarni amalga oshiradi
Hindistonning GoAir aviakompaniyasi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida aviareyslarni amalga oshirish uchun hukumatdan ruxsatnoma oldi. Bu haqda Hindistondagi nashrlar ma'lumotlariga asoslanib Uzdaily nashri xabar berdi.
GoAir aviakompaniyasining ijrochi direktori Volfgang Prok-Shauyerning qayd etishicha, kompaniya 2017 yilning martidan yangi yo‘nalishda uchishlarni yo‘lga qo‘yadi.
Shu tariqa, GoAir aviakompaniyasi Hindistondagi MDH mamlakatlariga reyslarni yo‘lga qo‘ygan ilk xususiy kompaniyaga aylanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish