Jahon | 16:36 / 19.08.2016
4165
1 daqiqa o‘qiladi

Olland ikkinchi muddatga saylanishni istaydi

Fransiya prezidenti Fransua Olland ma'lum qildiki, u 2017 yilgi saylovda ikkinchi muddatga saylanishni istaydi. U g‘alaba qozonishga ikmoniyati bo‘lsa, o‘z nomzodi bilan saylovda ishtirok etadi. Uning so‘zlari Antuan Andre va Karim Rassuli ismli jurnalistlar tomonidan tayyorlangan "Prezident bilan shaxsiy suhbatlar" (Conversations privees avec le president) kitobida keltirilgan. Bu kitobdan parchalar Le Point nashrida chop etilgan.

«Men o‘tgan yillarda shaxsiy hayotsiz yashadim. Lekin menda yana shunday istak bor. Men shuni afzal ko‘raman», — deya izohlagan Olland o‘z rejalarini.

Bundan oldinroq «Milliy front» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen TF1 efiri orqali Fransiya prezidentligi uchun saylovda qatnashmoqchiligini bildirgandi.

Fransiyadagi prezidentlik saylovlari 2017 yilning 23 apreli va 7 mayida, ikki raundda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid