Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Inha universiteti talabalari Janubiy Koreyada yangi bilim va tajriba orttirishdi
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari oliy o‘quv yurtida o‘qishlari davomida turli yozgi maktablar, kurslar va seminarlarda ishtirok etish imkoniyatlariga egalar.
Joriy yilning 25 iyul kunidan 12 avgust kunigacha IUTning 10 nafar talabasi Koreya Respublikasidagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabda ishtirok etishdi. Yozgi maktabda 63 ta universitet va 20 ta mamlakatdan 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, yozgi maktabga IUT talabalari universitetning ichki tanlovlari asosida tanlab olindi. Ushbu tanlov g‘oliblari Koreya Respublikasidagi Inha universiteti yozgi maktabda bepul ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. 10 ta tanlovdan 5 tasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridagi tizimlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan 5 tasi talabalarning insoniy fazilatlarini yaxshilash va ma'naviy-ma'rifiy mavzularga bag‘ishlangan edi.
Yozgi maktabda ishtirokchilar “Koreya biznes tizimi va iqtisodiyoti”, “Biznesda ingliz tili”, “Sharqiy Osiyo siyosati va xalqaro aloqalar”, “Zamonaviy kelajak texnologiyalari” va boshqa mavzulardagi qo‘shimcha o‘quv kurslarida ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026