Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Suriyadagi qo‘shinlari qo‘mondoni Moskvani ogohlantirdi
AQShning Suriya va Iroqdagi qo‘shinlarining yangi qo‘mondoni Stiven Taunsend Moskva va Damashqni AQShning Suriya shimolida joylashgan maxsus qo‘shinlariga hujumlar qilinadigan bo‘lsa, ular himoya qilinishlaridan ogohlantirdi. Bu haqda CNN ma'lum qildi.
"Biz rossiyalik harbiylarni qayerda joylashganimizdan xabardor qildik. Ular bizga Suriyani bundan xabardor qilganlarini aytishdi. Men shuni aytmoqchiman, agar biz xavf sezsak, himoyalanamiz", deb aytdi Taunsend telekanalga telefon orqali bergan intervyusida.
Taunsend suhbat davomida IShID terrorchilik guruhi keyingi yilda yakson qilinishi mumkinligini aytdi, biroq bu rejalar juda balandparvoz eshitilishi mumkinligini tan oldi.
20 avgustda AQSh samolyoti Suriyaning shimolida ikkita Suriya samolyotini taqib qilib, ularni hududni tark etishga majbur qildi. Pentagonda bu holatni Suriya aviatsiyasi kurd pozitsiyalariga zarba bergan Al-Xasaki shahrida AQSh boshchilik qilayotgan xalqaro koalitsiya maxsus qo‘shinlari bo‘lgani bilan tushuntirdi.
Suriya qo‘mondonligi kurdlar pozitsiyalariga zarba berilishini ularning Al-Xasakadagi armiyaga hujum qilish va shaharni egallab olishga urinishiga javob bo‘lganini aytgan.
Ba'zi mutaxassislarning fikricha, AQSh Suriya armiyasining Halabda jangarilarga qarshi harakatlarini kuchsizlantirish uchun kurdlarni Al-Xasakada ig‘vogarlik qilishga turtmoqda.
Rossiya va Suriya ayni vaqtda Halabda birgalikdagi gumanitar operatsiya o‘tkazmoqda va terrorchilar tomonidan egallangan hududlardan aholini olib chiqib ketish uchun bir necha koridorlar ochdi. Rossiya, shuningdek, Bashar Asad hukumati iltimosi bilan IShID pozitsiyalariga zarbalar bermoqda.
Mavzuga oid
14:37
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
08:55 / 29.06.2026