O‘zbekiston | 19:48 / 21.08.2016
6809
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 15 dan ortiq obektlar foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bayrami oldidan yurtimizda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida 19 avgust kuni an'anaga aylangan rahbar xodimlarning tumanimizda qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish kunida 15 dan ortiq obektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, Ellikqal'a ovulida sun'iy qoplamali futbol maydoni, Qirqqiz ovuldagi 40-sonli umumta'lim maktabning sport zali, Amirobod, Tozabog‘ ovullaridagi aholiga maishiy va xizmat ko‘rsatish obektlari, Guldursun ovulida savdo majmuasi, Guliston, Navoiy ovullaridagi avtomobillarga servis xizmatini ko‘rsatish shaxobchalarining foydalanishga topshirilishi tumanimiz iqtisodining rivojiga hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishi orqali aholi bandligining ta'minlanishiga xizmat qiladi. Ellikqal'ada eng ulug‘, eng aziz bayramimiz bo‘lgan mustaqilligimizning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. 

 

Mavzuga oid