Sport | 21:55 / 21.08.2016
10408
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik Olimpiya chempioniga yurtida ot sovg‘a qilinadigan bo‘ldi

Foto: © RIA

Rossiyalik erkin kurashchi, 86 kg vazn toifasida Riodagi Olimpiada g‘olibi bo‘lgan Abdulrashid Sadulayev o‘z yurti – Dog‘istonda ko‘plab sovg‘alar bilan mukofotlanadigan bo‘ldi. Dog‘iston rahbari Ramazan Abdulatipov kurashchiga ot sovg‘a qilishga va'da berdi.

Shuningdek, Olimpiya chempioniga pul mukofoti ham beriladi. Bu bilan sovg‘alar ro‘yxati tugamaydi. 

20 avgustda Adbulrashid Sadulayev erkin kurash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sadulayev final bahsida turkiyalik kurashchi Selim Yasharni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid