Ma’lum qilinişiça, Özbekiston diplomatlari vatandoşlar murojaatlarini örganiş va mintaqaning vakolatli idoralari bilan hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida Doğistonga taşrif buyurgan.
Taşrif davomida Rossiya Içki işlar vazirligining Doğiston Respublikasi böyiça Migratsiya masalalari boşqarmasi, Mahaçqal’a şahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtinça saqlaş markazi rahbariyati hamda tegişli idoralar vakillari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Muzokaralarda Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, tezkor axborot almaşiş mexanizmlarini takomillaştiriş va ma’muriy huquqbuzarliklar uçun vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan fuqarolarni vatanga qaytariş tartibini tezlaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Rostov-Don şahridagi Özbekiston Boş konsulxonasi bilan doimiy hamkorlik qiliş uçun mas’ul xodim biriktiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Diplomatlar Mahaçqal’adagi vaqtinça saqlaş markazida sayyor konsullik qabullarini ham ötkazdi. Unda Özbekiston fuqarolari bilan suhbatlar taşkil qilinib, ularning murojaat va muammolari örganildi hamda zarur konsullik-huquqiy ma’lumotlar taqdim etildi.
Uçraşuvlar yakunida amaldagi qonunçilik doirasida 24 nafar Özbekiston fuqarosini vatanga qaytariş jarayonlarini tezlaştirişga kelişib olindi.









