26 avgust, seshanba kuni kechqurun Dog‘iston qirg‘oqlari yaqinida Kaspiy dengizida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 23:33 da qayd etilgan.

Zilzila episentri taxminan 10 km chuqurlikda bo‘lgan. EMSC ma’lumotlariga ko‘ra, u Derbent shahridan 50 km shimolda va Izberbash shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan.

Dastlab u magnitudani 6,0 deb baholagan, keyin esa 5,5 ga o‘zgartirilgan. AQSh Geologik xizmati (USGS) uni 5,4 deb baholamoqda. Rossiya Fanlar akademiyasining Dog‘iston geofizika xizmati — 5,9 ga.