Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yozgi Olimpiadani o‘tkazish imkoniyatidan mahrum etilishi mumkin
AQShning Los-Anjyelesda 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga arizasi rad etilishi mumkin. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasida AQShga qarshi kayfiyatlar kuchaymoqda.
"Los-Anjyeles arizasi ba'zi to‘siqlarga uchrashishi mumkin", deb aytdi agentlik manbasi.
Ta'kidlanishicha, bunga AQShning rossiyalik sportchilarning Riodagi Olimpiadadan chetlatilishi bilan bog‘liq mojarodagi roli sabab bo‘lmoqda. Qo‘mitaning ko‘plab a'zolarining fikricha, aynan AQSh Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) va boshqa tashkilotlarning qaroriga ta'sir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga, shuningdek, Rim, Budapesht va Parij ham da'vogarlik qilmoqda. Ushbu masala bo‘yicha qaror 2017 yil sentabrda XOQ tomonidan qabul qilinadi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026