Jahon | 13:46 / 23.08.2016
7482
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh HDK kemalarining Yaponiya sohillarini tark etishi sababi ma'lum qilindi

AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari ekspeditsiya guruhining uchta kemasi Yaponiyadagi Sasebo bazasini tark etgan. Ular, Tinch va Hind okeanlarida o‘tkaziladigan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi AQSh harbiy-dengiz kuchlari xabarnomasiga tayangan holda.

AIT va CERTEX nomli mashg‘ulotlar "dengizchilar va dengiz piyoda qo‘shinlariga dengiz desant amaliyotlarida jangovar, gumanitar qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlarda yordam berish va fuqarolarni ko‘chirish  ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi". Ushbu mashg‘ulotlar har yili o‘tkazib kelinadi. 

Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari poyoniga yetishi bilan uchchala kema AQSh HDK yettinchi floti hududida ko‘ptomonlama mashg‘ulotlarda qatnashadi. 
 

Mavzuga oid