Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Boltiqbo‘yi davlatlari mudofaa sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiya qabul qilishdi
Rigada Litva prezidenti Dali Gribauskayte, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden, Latviya va Estoniya prezidentlari Raymond Veyonis va Toomas Xendrik Ilves uchrashuvida himoya va mudofaa sohasida hamkorlik bo‘yicha umumiy siyosiy deklaratsiya qabul qilindi.
Bayden 23 avgustda Rigaga rasmiy tashrif bilan keldi.
Litva prezidenti matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv ishtirokchilari Boltiqbo‘yi hududi mudofaasini kuchaytirish, AQSh NATOning sharqiy flangiga qanday yo‘llar bilan qo‘shilishi mumkinligi, mamlakatlarning energetik va yadroviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, uchrashuvda AQSh qurolli kuchlarining mintaqada bo‘lishining muhimligiga ahamiyat qaratildi, NATO rahbarlarining Varshavadagi uchrashuvida berilgan majburiyatlarni amalga oshirish hamda xalqaro qurolli kuchlarga investitsiya qilishga intilish qayd qilib o‘tildi.
Ma'lum qilinishicha, deklaratsiyada xavf-xatarlarni ushlab turishning kuchaytirilishi tashqi tomondan gibrid va kibernetik xavflarning oshishi, energetik xavfsizlik, chegaralarni himoyalashga javob berishi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
09:28
AQSh va Eron muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. Nimalar ma’lum?
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026