Jahon | 08:41 / 23.08.2016
4868
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh kotibi Turkiyadagi to‘y marosimi vaqtidagi teraktni qoraladi

Foto: Reuters

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 20 avgust kuni Turkiyaning Gaziantep shahrida gi to‘y vaqtida sodir etilgan teraktni qoralab chiqdi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.

«Bosh kotib ushbu teraktni sodir etgan jinoyatchilar tezda qo‘lga olinishi va javobgarlikka tortilishidan umid qilmoqda», — deb ma'lum qilgan Pan Gi Munning matbuot-kotibi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT Bosh kotibi terrorizm va zo‘ravonlikka asoslangan ekstremizmga qarshi mintaqaviy va jahon bo‘ylab ko‘rashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga yana bir bor e'tibor qaratdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid