Jahon | 20:05 / 23.08.2016
11065
2 daqiqa o‘qiladi

Eron: Turkiyaning Suriya siyosiy kelajagi bo‘yicha qarashlari o‘zgarmoqda

Eron rasmiy Anqara tashqi siyosatidagi o‘zgarishlarning guvohiga aylanmoqda, bu birinchi navbatda Suriyaning siyosiy kelajagiga daxldor, deb bayonot bergan Islom respublikasi Majlisi spikeri Amir Abdullohiyan.

"O‘tgan 5 yil mobaynida Tehronning Anqara bilan do‘stona, xolis muloqoti  mintaqadagi xavfsizlik borasida siyosiy va diplomatik darajada olib borildi", — degan Abdullohiyan Sputnik agentligiga bergan intervyusida.

Uning qayd etishicha, Anqara siyosatining o‘zgarishi yaqinda mamlakat ichki siyosatida yuz bergan voqealar — davlat to‘ntarishiga urinish oqibati bo‘lishi mumkin. 

"AQShning qonuniy saylangan Turkiya prezidentini ag‘darish bo‘yicha rejalari amalga oshmagach, tabiiyki, janob Erdo‘g‘an va uning hamfikr jamoasi mamlakat tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilib, buning uchun zaruriy choralarni ko‘rdi. Birinchi navbatda, bu Turkiyaning Suriyaga nisbatan siyosatida ko‘zga tashlanmoqda. Biroq, Anqaraning tashqi siyosatidagi keskin o‘zgarishlarni qayd etish uchun vaqt kerak. Ishonamanki, Turkiya tashqi siyosat doktrinasiga kiritilgan o‘zgarishlar faqat mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka xizmat qiladi", —deb ta'kidlagan Eron parlamenti spikeri. 


 

Mavzuga oid