Jahon | 08:09 / 23.08.2016
5211
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Avstriyadagi elchisini ortga chaqirtirib oldi

Turkiya Avstriyadagi elchisini ortga chaqirtirib oldi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi.  

"Biz Anqaraga Venadagi elchimizni maslahatlashuv va munosabatlarimizni qayta qo‘rib chiqish uchun chaqirtirib oldik", deb aytdi vazir.

Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, Turkiyaning Venadagi elchisi Avstriyada Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlovchi namoyish o‘tgani sababli chaqirtirib olingan.

Avvalroq Avstriya kansleri Kristian Kern Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lishi bo‘yicha soxta muzokaralarni davom ettirish o‘rniga yangi formatdagi hamkorlikni taklif qilishi lozimligini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid