Fan-texnika | 10:09 / 24.08.2016
9417
2 daqiqa o‘qiladi

«AvtoVAZ» 2025-yilgacha bo‘lgan rejalarini ma'lum qildi

Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi 2025-yilga kelib avtomobil bozoriga 8ta yangi modelni chiqarish rejasini e'lon qildi. Kompaniyaning Moskvada bo‘lib o‘tgan Automechanika-2016 ko‘rgazmasida ishtirok etgan rahbari Nikolya Mor shunday bayonot bergan, deb xabar qilmoqda «Avtostat».

2017-2019 yillarda «AvtoVAZ» ikkita yangi modelni taqdim etadi va 4ta modelining dizaynini o‘zgartiradi. Rossiyaning yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasi 2020-2022 yillarda 3ta yangi modelini bozorga chiqarish bilan birga bitta modelini restayling qiladi. 2023-2025 yillarda yana 3ta yangi model taqdim etilib, shunchasi yangilanadi. 

«AvtoVAZ», bugun 24-avgustda ochilishi kutilayotgan Moskva avtosalonida  oltita kontsept-karni namoyish etadi. Ulardan biri XCODE prototipi bo‘lib, u Lada Xray xetchbekining yo‘ltanlamas modelidir.

Yangi krossover Lada XRay rusumidan farqli ravishda barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘ladi. Uning kuzovi pastki qismi plastik himoya qobig‘iga ega bo‘ladi. 

Yo‘ltanlamasga 1,8-litrli, 122 ot kuchiga ega motor bilan jihozlanadi.

 

Mavzuga oid