Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi belaruslarga Paralimpiada ochilishida Rossiya bayrog‘ini namoyish qilishni taqiqladi
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) belaruslik sportchilarga Riodagi Paralimpiada ochilishi marosimida Rossiya bayrog‘ini namoyish qilishni taqiqladi. Bu haqda "Govorit Moskva" radiostansiyasi ma'lum qildi.
"Ochilish marosimida hech kim Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib o‘tmaydi. Agar belaruslik sportchilar Rossiya bayrog‘ini olib o‘tsalar, unda bu siyosiy protest sifatida qaraladi va tegishli sportchilar yoki milliy paralimpiya qo‘mitasiga nisbatan muayyan choralar ko‘riladi", deb aytildi XPQ matbuot xizmatida.
Avvalroq belaruslik paralimpiyachilar Rioda Paralimpiada ochilish marosimida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib o‘tishlari mumkinligi ma'lum qilingandi. Bu haqda Belarus Paralimpiya qo‘mitasi rahbari Oleg Shepel aytgan.
"Men Belarus Paralimpiya qo‘mitasi rahbari siftida bu yerda ham, Braziliyada ham jim turmoqchi emasman. Men hattoki Rioga Belarus va Rossiya bayroqlarini olishga topshiriq berdim", deb aytdi Shepel.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
15:19 / 06.03.2026
Buyuk Britaniya Paralimpiada ochilishini boykot qiladi
11:26 / 19.02.2026
Ukraina Paralimpiada-2026ga siyosiy boykot e’lon qildi
18:15 / 13.09.2024