Jahon | 21:02 / 24.08.2016
7057
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya hukumati zilzila qurbonlari soni 73 kishiga yetganini tasdiqladi

Italiyaning markaziy qismida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 73 nafarni tashkil qilmoqda. Asosiy talofatlar Latsio viloyati yaqinida joylashgan Akkumoli va Amatriche shaharlarida qayd etilgan. Bu ma'lumot Italiya Fuqaro himoyasi xizmatining matbuot kotibi Immakolata Postilone tomonidan tasdiqlangan.

Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 45 kishini tashkil etgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi episentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid