Jahon | 08:04 / 24.08.2016
11316
1 daqiqa o‘qiladi

Qizil dengizga 200 tonnadan ko‘proq neft tushdi

Qizil dengizda Akabe port shahri yaqinida neft to‘kilishi oqibatida dengizga 200 tonnadan ko‘proq neft tushdi. Bu haqda Haaretz gazetasi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, neft dog‘i Iordaniya va Saudiya Arabistoni plyajlari tomon harakatlanmoqda. Bundan tashqari, Isroildagi Eylat kuror shahri va marjonqoyalar neft bilan zararlanish xavfi ostida qolmoqda.

Isroil atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi neft to‘kilishi oqibatlarini bartaraf etishda o‘z yordamini taklif qildi, biroq Iordaniya bu yordamni rad etdi. Isroillik amaldorlarning aytishicha, neft to‘kilishi sababi noma'lum. U quvurning yorilishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda neft to‘kilishi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid