O‘zbekiston | 22:30 / 24.08.2016
36371
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 1 sentabrdan boshlab GMO aniqlash standarti kiritiladi

O‘zbekistonda 1 sentabrdan boshlab tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlarni aniqlash uchun davlatlararo uchta yangi standart kiritiladi. Bu haqda "O‘zstandart" agentligi ma'lum qilgan.

“O‘zstandart” qaroriga binoan, 2016 yilning 1 sentabridan boshlab GMOli mahsulotlar borasida uch davlatlararo standart kiritiladi”, — deyilgan agentlikning matbuot xizmati xabarida.

Qayd etish kerakki, bundan oldin O‘zbekistonda yagona standartizatsiya reglamenti mavjud emasdi.

Yuqorida aytib o‘tilgan standartlar xalqaro ISO standartlari kabi, genetik modifikatsiya qilingan obektlarni va ulardan yasalgan mahsulotlarni aniqlash metodlarini belgilaydi.

Joriy yilning may oyida Davlat xizmatlari yagona portalida “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi haqida”gi qonun loyihasi ommaviy muhokama uchun joylashtirilan edi. Qonunga kirtilgan o‘zgarishlar — tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta'qiqlash haqida. Qonun loyihasi ushbu yilning uchinchi choragida Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Yangi qonunda, oziq-ovqat mahsulotlarini markirovka qilishda “organik mahsulot” — belgisi kiritish ham taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident Islom Karimov tomonidan 9 fevral kuni tasdiqlangan 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida bolalar ovqatlarida GMO bo‘lishi taqiqlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid