Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi 2025 yil yakuniga qadar:

  • oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘i mavjudligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazadi;
  • genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘i miqdorining oziq-ovqat mahsulotlaridagi gigiyena normativlarini ishlab chiqadi;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘i mavjud bo‘lgan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirish davomida sinov laboratoriyalarida ularning miqdorini aniqlash bo‘yicha tahlillar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yadi;
  • bunda laboratoriyalarni zarur asbob uskunalar bilan ta’minlash, tekshirish usullarini joriy qilish va akkreditatsiya doirasini kengaytirish choralarini ko‘radi;
  • o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot va laboratoriya tahlillari natijalari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tavsiyalariga muvofiq, genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘ining oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lishi xavfini baholash mexanizmlarini ishlab chiqadi;
  • baholash natijasi bo‘yicha import va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘i bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini taqiqlash va cheklash bo‘yicha choralarni ko‘radi.

Bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi doimiy ravishda:

  • respublikaga olib kiriladigan va realizatsiya qilinadigan tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘i bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ustidan belgilangan tartibda samarali nazoratni yo‘lga qo‘yadi;
  • tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) va xomashyolar, transyog‘lar, shu jumladan, texnik palma yog‘i mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilishini hamda majburiy markirovkalash tizimi joriy etilishini yo‘lga qo‘yadi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan birgalikda doimiy ravishda: