Namanganda "Pnevmatik quroldan o‘q otish" turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final bosqichi o‘tkazildi
Namangan avtomobil maktabida Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy Kengashi, respublika texnik-amaliy sport turlari markazi tomonidan mustaqilligimizning 25 yillik bayramiga bag‘ishlab, sportning pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqaning hal qiluvchi to‘rtinchi bosqich bellashuvlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 110 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz qatnashdi.
Qiziqarli ruhda kechgan havo to‘pponchasidan o‘q otishda Farg‘ona viloyatidan Jahongir Ahmadjonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Namanganlik Akmal Yormatov ikkinchi natijani qayd etdi. Faxrli uchinchi o‘rin andijonlik Georgiy Vabanovskiyga nasib etdi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa farg‘onalik Muslima Yo‘ldoshevaga teng keladigan munosib raqib topilmadi. Qashqadaryolik Kamilla Ravshanbekova va samarqandlik Sitora Ergashboyeva mos ravishda ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egalladilar. Namanganlik Alina Tarasova esa to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.
Havo miltig‘idan o‘q otish bobida samarqandlik Umid Pardayev o‘z mahoratini ko‘rsatib, zafar quchdi. Toshkent viloyati vakili Rail Valiyev ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Kuchli uchlikni andijonlik Mahkamboy Sharobiddinov yakunlab berdi. Viloyatimizdan qatnashgan Murodjon Ahmadaliyev “beshtalik”ka kirdi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda mohir merganligini ko‘rsatgan Toshkent viloyatidan Zaynab Pardaboyeva g‘alaba nashidasini surdi. Namanganlik sport ustasi Muxtasar Tohirova ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Andijonlik Yulya Kondrashova ham g‘oliblar safiga kirdi.
To‘rtta bosqich yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida eng ko‘p ochko jamg‘argan Andijon viloyati jamoasi mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Toshkent viloyati jamoasi faxrli ikkinchi o‘rin bilan taqdirlandi. Farg‘ona viloyati jamoasi uchinchi bo‘ldi.
Tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari O‘ktamjon Ergashev, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi raisi Ahmadjon A'loxo‘jayev g‘olib-sovrindor jamoalar va sportchilarga kubok, diplom, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Namangandan
Xumoyunmirzo Abdullayev
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
19:32 / 07.11.2024